Линклар

Rossiya rasmiylari Kareliyadagi ko‘lda yuz bergan to‘fonda kamida 14 bola cho‘kib ketganidan keyin u yerdagi lagerni yopiq qo‘yganlar va “ishga sovuqqonlik bilan yondoshgani uchun” 5 kishini qo‘lga olganlar.

47 bola va to‘rt nazoratchi orasida bo‘lgan 12-15 yoshlardagi bu bolalar 18 iyun kuni ob-havo yomon bo‘lishi haqidagi ogohlantiruvga qaramay, Syamozero ko‘lida qayiqda sayr chiqqanlar. Sayr chog‘ida ikki qayiq ag‘darilib ketgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putin Rossiya Tergov qo‘mitasiga “aybdorlarni topish”ni topshirganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG