Линклар

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni Lyuksemburgda o‘tkazilgan uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muammosini muhokama qildilar va bu borada qarama-qarshi mulohazalarni o‘rtaga tashladilar.

Britaniya Moskvaning Ukrainadagi ziddiyatda rolini e’tiborga olgan holda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning so‘zsiz joriy etilishini talab qilayapti. Fransiya ham sanksiyalarni bekor qilish masalasi Rossiya Donbassdagi ayirmachilarni dastaklashni to‘xtatganidan keyingina hal bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi. Ayni paytda Parij Yevropa liderlarining Kreml bilan yaqinlashish yo‘llarini izlash harakatlariga ijobiy qaramoqda.

Reuters agentligining qayd etishicha, Italiya, Bolgariya va Gretsiya kabi mamlakatlar Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yumshatilishi tarafdori.

Seshanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar vakillari Bryusselda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy yil oxirigacha uzaytirish qarorini ma’qullashi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG