Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:36

Suriyada jihodchi o‘zbek qo‘mondonlardan biri bombali hujumga uchradi


Suriya shimoliy-g‘arbidagi Idlib viloyatida 18 iyun kuni ichida o‘zbek jihodchi yetakchilaridan biri Abu Bakr al-O‘zbekiy bo‘lgan avtomobilь portlatilgan.

Al-Masdar News nashri “Jabhat an-Nusra” qarorgohi oldida sodir bo‘lgan portlashda al-O‘zbekiy o‘ldirilganini yozsa, Alalam nashri uning og‘ir yarador bo‘lganini xabar qilgan.

Xabarlarda eski jihodchilardan bo‘lgan Abu Bakr al-O‘zbekiy Suriya muxolifati, xususan, Jaysh ul-Fath guruhi bilan yelkama-yelka jang qilgani hamda o‘tgan yil aprelidagi Idlib hujumlarida ishtirok etgani qayd etiladi.

Aytilishicha, al-O‘zbekiy bu viloyatda so‘nggi bir necha kun ichida o‘ldirilgan jihodchi qo‘mondonlarning oltinchisidir.

Shanba kungi portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech kim zimmasiga olgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG