Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:42

Saratovda o‘yinchoqlar bilan "qurollangan" uch yigit ushlandi


Saratovda yo‘l-patrul xizmati tomonidan avtomobilda ketayotgan qurollangan uch yigit to‘xtatilgan. Keyinroq ulardan musodara qilingan avtomat o‘yinchoq, pistolet esa oddiy pnevmat ekani aniqlangan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida ushlangan yigitlar O‘zbekiston fuqarolari ekani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.

Saratov viloyati ichki ishlar boshqarmasi 18 iyun kuni Saratov shahrining Katta Sadovaya ko‘chasida qurollangan bir guruh shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar tarqatdi.

Bu hodisani Ozodlikka sharhlab bergan Saratov viloyati politsiyasining rasmiy vakili Dmitriy Rasskazovga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘tib ketayotgan Daewoo Nexia avtomobilidagi yo‘lovchilar qo‘lida o‘qotar qurolga nazari tushib qoladi.

Mashina ichkarisida o‘tirganlar go‘yo qurolni mashina oyinasidan chiqarib ko‘rsatgan.

Nexia orqasidan quvib borib, politsiyachilar uning ichkarisida o‘tirgan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Avtomobil salonida avtomat va pistolet borligi aniqlandi.

Dmitriy Rasskazov keyinroq pistolet pnevmatik, avtomat esa oddiy o‘yinchoq ekani ma’lum bo‘lganini bildirdi.

Bu xabar ortidan “ChP Saratov” portalida qo‘lga tushgan yigitlar va ulardan musodara qilingan qurol-yaroq fotosurati paydo bo‘ldi. Xuddi shu nashr ko‘rinishidan darhaqiqat osiyolik bo‘lgan shaxslar “O‘zbekiston fuqarolari” ekani to‘g‘risida ma’lumot sizdirdi.

Ozodlik so‘roviga Saratov politsiyasi bosh boshqarmasi rasmiy vakili Dmitriy Rasskazov ushlanganlarning millati va fuqaroligi borasida hech qanday ma’lumot tarqatilmagani, bu nashrning tekshirilmagan ma’lumoti ekaniga e’tiborimizni qaratdi.

"Aytishim mumkinki, bu yigitlar qo‘shni davlat fuqarolari. Ular o‘zbekistonlik ekani borasida men hech qanday izoh berganim yo‘q. Ular Rossiyada yashovchi odamlar, hodisa haqiqatan bo‘lgan, ammo turkmanmi, o‘zbekmi, armanmi – bunisini men sizga aytishga haqqim yo‘q," dedi Dmitriy Rasskazov.

Politsiya vakili musodara qilingan qurol-aslaha har ehtimolga qarshi ekspertizaga yuborilganini bildirdi.

Bundan oldinroq Rossiyada keng nishonlangan 9 may - G‘alaba Kunida otishma uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlangan 12 nafar muhojir hibsga olingan edi. Politsiya ushlangan o‘zbek muhojirlaridan ikkita avtomat va ikkita o‘qdon musodara qilinganini ma’lum qilgan edi.

Biroq, bir necha kundan keyin "terrorchilik"da ayblanganlarning asosiy qismi biror tushuntirishlarsiz ozodlikka chiqarilgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG