Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:32

Tojikiston bozorlaridan Xitoyda ishlangan 9 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq yig‘ib olindi


Tojikistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi agentlik – "Tojik Standard" o‘tgan haftalar davomida mamlakatdagi bozor va do‘konlardan Xitoyda tayyorlangan minglab o‘yinchoqlarni musodara qildi.

"Tojik Standard" agentligi rasmiylarining Ozodlikka 21 iyun kuni ma’lum qilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan to‘qqiz mingdan ko‘proqo‘yinchoqlar ichida qo‘rg‘oshin va kadmiy singari zaharli kimyoviy moddalar chiqqan.

Agentlik rasmiylari ko‘plab qo‘g‘irchoqlar Tojikistonga noqonuniy yo‘llar bilan import qilingan bo‘lishi mumkin.

Shu oy boshida "Tojik Standard" xodimlari zararli o‘yinchoqlarni tojik bozoriga kiritishni taqiqlashni nazarda tutuvchi yangi qonunni ishlab chiqqanlar.

Tojikistonga aksar o‘yinchoqlar, maktab jihozlari va bolalar kiyim-kechaklari Xitoydan keltiriladi.

XS
SM
MD
LG