Линклар

AQShdan siyosiy boshpana olgan va shu mamlakatda “Birdamlik” xalq harakati”ni boshlagan o‘zbekistonlik tadbirkor Bahodir Chorievning fikricha, jurnalistlar, moliyaviy piramida qurgani aytilayotgan Ahmad Tursunboev bilan bog‘liq voqealarni yoritar ekan, har doimgiday, oddiy odamlarning huquqlarini birinchi planga chiqarmoqdaki, natijada Tursunboev O‘zbekistonning Eng Yirik Tovlamachisi bo‘lib ko‘rinib qolmoqda. “Aslida esa, Ahmadboyda ayb yo‘q!” deydi Bahodir Choriev.

Xo‘sh, unda ayb kimda?

Bahodir Chorievning O‘zbekistondagi muammolari aynan tadbikorligi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham, uni OzodNazarPlus eshittirishiga taklif qilib, keyingi kunlarda hammaning diqqat markazida qolayotgan ish yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirishini so‘radik.

Choriev bilan suhbat yuqorida qo‘yilgan savolga muhtamal javoblardan biri bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG