Линклар

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Yengil atletika xalqaro federatsiyasining Rossiya yengil atletikachilarini Braziliyada o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab quvvatladi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sportning boshqa turlari bo‘yicha har bir xalqaro federatsiya Rossiya va Keniya sportchilarini Olimpiadaga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilishi shartligini bildirdi. Rossiya va Keniya sportchilari doping iste’mol qilishda ayblanmoqda.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentdi Tomas Bax 21 iyun kuni doping iste’mol qilgan rossiyalik va keniyalik sportchilarning “aybsizlik prezumptsiyasi” jiddiy shubha ostida ekanini aytdi.

Yengil atletika xalqaro federatsiyasi 17 iyun kuni Butunrossiya yengil atletika federatsiyasini doping janjali ortidan diskvalifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Bunga Jahon antidoping agentligining Rossiya yengil atletikachilari davlat va sport tuzilmalari qo‘llab-quvvatlovida doping iste’mol qilgani to‘g‘risidagi hisoboti sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG