Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:04

Toshkentda sammit arafasida xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi


Toshkentda 23-24 iyun kunlari o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari kelishni boshlagani munosabati bilan xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirildi.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, “prezident trassasi”, trassaga yaqin hududlar va prezident rezidentsiyasi joylashgan Do‘rmonni mingga yaqin militsiya xodimi nazorat qilmoqda.

Nashrlar 21 iyun kuni Toshkent Traktor zavodi va Yalang‘och massividagi har bir ko‘p qavatli uy hovlisida kamida 2-3 nafardan militsioner navbatchilik qilganini yozdi.

Xabarlarda aytilishicha, o‘sha kuni militsiya xodimlari yo‘llarni to‘sib qo‘yishi oqibatida Toshkentda avtotiqinlar yuzaga kelgan.

XS
SM
MD
LG