Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:04

Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga psixotrop moddalar olib kirishiga ruxsat berildi


O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga, jumladan, xorij fuqarolariga ham shaxsiy iste’mol uchun psixotrop moddalar olib kirishga ruxsat berildi.

"Regnum" axborot agentligining 21 iyun kuni xabar berishicha, bu borada O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qarori imzolangan.

Qarorda aytilishicha, jismoniy shaxslar shaxsiy iste’mol uchun yashash joylaridagi tibbiy muassasalar tomonidan tavsiya qilingan besh nomdan ko‘p bo‘lmagan pisxotrop moddalarning har birini ikki qutidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekistonga olib kira oladi. Bu psixotrop moddalar uchun maxsus hujjat talab qilinmaydi.

Avvalari tibbiy muassasalar tomonidan psixotrop moddalar tavsiya qilingan xorij fuqarolari O‘zbekistonga kirib kelayotganida ko‘plab muammolarga duch kelar edi. Yonidan pisxotrop moddalar topilgan xorijliklar uzoq muddat so‘roq qa tutilar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilar edi.

O‘zbekistonda 285 nomdagi psixotrop moddalar taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG