Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:32

Xitoy rahbari O‘zbekistonga rasmiy safarini Buxorodan boshladi


Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekistonga rasmiy safarini Buxorodan boshladi.

21 iyun kuni Buxoroda qisqa muddat sayr qilgan Si Szinpin kechga yaqin rafiqasi Pen Liyuan bilan birga Toshkentga keldi. Toshkent aeroportida Xitoy rahbarini prezident Islom Karimov rafiqasi Tatyana Karimova bilan birga kutib oldi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari uchrashuvida “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” loyihasini amalga oshirish masalasi to‘g‘risida so‘z bo‘ladi. Bundan tashqari tomonlar xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qiladi.

Si Szinpin Toshkent safari doirasida O‘zbekiston Oliy majlisi deputatlari oldida chiqish qilishi kutilmoqda.

Xitoy rahbarining Toshkentga rasmiy safari bugun nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng u 23-24 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG