Линклар

“Uzbekistan Today” nashrining xabar qilishicha, tez kunlarda Toshkentda Urologik Complex ochiladigan klinikada urologik kasalliklar, shu jumladan, bepushtlikdan aziyat chekayotgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Aytilishicha, klinikadagi jarrohlik bo‘limi Italiyaning yetakchi Padana Cleanroom kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bemorlarning yotoqxonalari ko‘p funksiyali karavotlar va javon-transformerlar bilan jihozlangan. Hamshiralarni chaqiruv tugmasi ham o‘rnatilgan.

Shuningdek, klinikada Precision RXi raqamli rentgen-sistemasi, 110 Vt quvvatga ega eng zamonaviy jarrohlik lazeri mavjud. Bunday apparatlardan hozirda dunyoning bir necha yetakchi klinikalarigina foydalanadi, deyiladi xabarda.

XS
SM
MD
LG