Линклар

O‘zbekistonda Angren - Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi iyul oiydan boshlab ishga tushiriladi.

Bu haqda xabar bergan Sinxua agentligining bildirishicha, mazkur liniya Xitoy - Markaziy Osiyo - Yevropa temir yo‘l xalqaro tranzit koridorining muhim qismi hisoblanadi.

2013 yilda qurilishi boshlangan Angren - Pop temir yo‘li Qamchiq dovonidan o‘tib, Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.

Qamichq davonidan o‘tadigan va loyihaviy qiymati 455 million dollar bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurilishini Xitoyning China Railway Tunnel Group shirkati amalga oshirgan. Shu yilning 30 may kuni mazkur tunneldan sinov tariqasida birinchi poezd sostavi o‘tgan edi.

Angren - Pop temir yo‘l liniyasining umumiy loyihaviy qiymati 1 milliard 200 million dollarga teng. Xarajatlar xalqaro jamg‘armalar va O‘zbekiston hisobidan moliyalandi.

XS
SM
MD
LG