Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:30

AQSh qo‘mondoni Falluja "Islomiy davlat"dan 25 foizga tozalanganini aytdi


AQSh qo‘shinlarining Bag‘doddagi qo‘mondoni polkovnik Kristofer Garver Iroq hukumat kuchlari "Islomiy davlat" nazoratida bo‘lgan Falluja shahrining uchdan bir qismini ozod qilganini bildirdi.

AQSh harbiysining bu bayonoti Iroq hukumatining Falluja shahri "Islomiy davlat"dan to‘la ozod qilingani to‘g‘risidagi rasmiy bildiruviga zid keladi.

Garverning 21 iyun kuni ma’lum qilishicha, Fallujaning janggarilardan tozalangan qismi shaharning janubiy hududlari hisoblanadi. AQSh qo‘mondoni Falluja markazini ozod qilish uchun janglar davom etayotganini ham ta’kidladi.

Iroq kuchlari Falluja markazini ozod qilish uchun17 iyun kuni jang boshlagan edi. Iroq bosh vaziri Haydar al Abodiy o‘shanda Fallujaning asosiy qismi janggarilardan tozalangani va shahar yana bir necha soatdan so‘ng "Islomiy davlat"dan to‘la ozod qilinishini bildirgan.

Bag‘dodan 50 kilometr g‘arbda joylashgan Falluja shahri 2014 yilda "Islomiy davlat" guruhi tomonidan bosib olingan edi.

XS
SM
MD
LG