Линклар

logo-print

Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida «premium» sinfidagi xalqaro Hyatt tarmog‘i mehmonxonasi - Hyatt Regency Tashkent qurib bitkazildi.

Bu haqda xabar qilgan kun.uzga ko‘ra mehmonxona 2013 yilda qurila boshlagan edi. Loyiha qiymati taxminan 205 million dollar bo‘lib, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 42 million dollarlik, Xalq bankining 100 milliard so‘mlik kreditlari va Toshkent ma’muriyatining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 300ta xonadan iborat, ulardan 15 foizi «lyuks» toifasiga kiradi. Mehmonxona hududida basseyn, 855 kv. m maydonga ega marosimlar o‘tkazish zali, spa-hudud va fitnes markaz mavjud.

Bulardan tashqari, 5 ta diplomatik xona, shuningdek, bitta prezidentlik xonasiga xizmat ko‘rsatiladi. Xonalar maydoni 35–190 kvadrat metr orasida.

Shuningdek, mehmonxonada bir qancha restoran va barlar: kecha-kunduz ishlaydigan «Xiva» internatsional oshxonasi, tomdagi Sette italian pitstseriyasi, Chai Lounge va ochiq ayvondagi bar faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi ShHT sammitida qatnashish uchun kelgan ilk mehmonlarini qabul qildi.

XS
SM
MD
LG