Линклар

Rossiyaning "LUKOYL" neft kompaniyasi 2016 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi qidiruv va ishlab chiqarish uchun 5,96 milliard rubl (taqriban $93,549 mln) sarmoya yotqizdi.

Kompaniya ma’lumotlariga tayanib, kun.uzning xabar qilishicha,O‘zbekistondagi qidiruv va ishlab chiqarish ishlariga sarflangan kapital xarajatlar hajmi 2015 yilning yanvar-mart oylarida 9,956 milliard rublь (taqriban $160 mln) dan joriy yilning birinchi choragida 5,956 milliard rublgacha qisqargan (-40,18 foiz).

Hozirgi vaqtda "LUKOYL" O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Bugungi kunga kelib kompaniyaning O‘zbekistonda qazib to‘plangan gazi 32 milliard kubometrdan ortdi.

Kompaniya 2020 yilga qadar O‘zbekistonda bir yilda 17-18 milliard kubometr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

XS
SM
MD
LG