Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Chet el jurnalistlari uchun Toshkent ikki kunga ochildi


Пёрышко
Пёрышко

Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitini Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston va boshqa davlatlar ommaviy axborot vositalaridan 200ga yaqin vakil, O‘zbekistondan qariyb 200 nafar jurnalist qatnashadi, deb xabar qildi O‘zA agentligi.

Aytilishicha, sammit doirasidagi tadbirlarni yoritish uchun “O‘zekspomarkaz”da xalqaro matbuot markazi tashkil etilgan.

Sammitda davlat rahbarlari ShHT doirasida ko‘p rejali va o‘zaro samarali hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinajagi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashinilishi aytildi.

Davlat rahbarlari uchrashuvlarining asosiy yakuniy hujjati sifatida ShHTning o‘n besh yillik deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning o‘n besh yillik faoliyatiga baho berilib, a’zo davlatlarning ShHTni rivojlantirish uchun ilgari surgan nuqtai nazarlari, shuningdek, joriy xalqaro va mintaqaviy vaziyatlarga nisbatan pozitsiyalari o‘rin oladi.

Davlat rahbarlari 2016-2020 yillarda 2025 yilga qadar ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakat rejasi hamda ShHTni rivojlantirish va a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlarni ham imzolaydi.

XS
SM
MD
LG