Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:54

Toshkent Pekin bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzoladi


XXR raisi Si Szinpin
XXR raisi Si Szinpin

22 iyun kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida keng qamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

Mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, mazkur hujjat Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va XXR raisi Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuv yakunida imzolangan.

Aytilishicha, bu kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlr darajasiga oshiradi.

Tomonlar o‘rtasida, shuningdek, texnik-iqtisodiy, investitsion, tashqi siyosatdagi hamkorlik, o‘zaro savdo aloqalarini faollashtirish, shuningdek neft va gaz sanoati hamda transport sohasida 200 mln dollarlik hajmdagi kredit kelishuvlari ko‘zda tutilgan 7 ta hujjat imzolangan.

21 iyun kechki payt Xitoy raisi Si Szinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan Toshkentga yetib keldi. Poytaxt aeroportida ularni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va uning rafiqasi Tatyana Karimova kutib oldilar, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Xitoy raisining O‘zbekistonga safari 22 iyungacha davom etadi, so‘ngra u Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Toshkentdagi sammitida ishtirok etadi.

Xitoy raisi bilan o‘tkaziladigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Xitoy raisining safari dasturida uning Oliy majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlashi ko‘zda tutilgan.

Si Szinpin Toshkentga Buxoroga uyushtirgan qisqa safaridan keyin keldi. Xitoy rahbari qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishib chiqdi.

XS
SM
MD
LG