Линклар

logo-print

Toshkent hokimiyati do‘kondorlarga konditsionerli bekatlar qurishni buyurdi


Yakkasaroy tumanidagi konditsioner o‘rnatilgan avtobus bekati

Yakkasaroy tumanidagi konditsioner o‘rnatilgan avtobus bekati

Toshkent shahar hokimiyati do‘kondorlarni zamonaviy avtobus bekatlari qurishga majburlamoqda. Bu haqda Ozodlikka zimmasiga ana shunday vazifa yuklatilgan ikki do‘kondor so‘zlab berdi.

Ulardan birining ma’lum qilishicha, sentyabrga qadar Toshkentning markaziy ko‘chalarida 17 ta zamonaviy avtobus bekatlari qurilishi kerak.

Yangi avtobus bekatlari Bobur, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida barpo etiladi.

May oxirida Toshkent shahar hokimiyati rasmiylari bekatlar qoshida do‘kon ochgan shaxslar bilan "birma-bir" uchrashib, ularning zimmasiga "usti yopilgan, eshikli va oynavand" yangi bekatlarni qurish yoki eskilarini ta’mirlash majburiyatini yuklaganlar.

"Hokimiyatdan kelib, yoz ichi usti yopilgan, eshikli va oynavand ostanovka qurasan, deb ketishdi. Konditsioner o‘rnatishimiz ham shart ekan. Xarajatlarning hammasi bizning bo‘ynimizda bo‘ladi. Do‘kon ochib, hokimiyat bilan dogovor tuzayotganimizda ostanovkani toza tutamiz, deb majburiyat olganmiz. Ilojimiz yo‘q, qurib beramiz endi," dedi Toshkent markazidagi avtobus bekatida do‘kon ochgan suhbatdosh.

Ozodlik ushbu masala yuzasidan Toshkent shahar hokimiyatidan izoh ololmadi.

Yana bir do‘kondorning ma’lum qilishicha, bekatga konditsionerdan tashqari skameyka va axlat qutisi o‘rnatilishi shart qilib qo‘yilgan.

Ozodlik suhbatladoshlariga ko‘ra, yangi bekat qurish uchun ustalar haqi va qurilish mollarini sotib olish uchun 2 ming dollargacha sarflanishi mumkin.

Toshkentda hozir 193ta shishali avtobus bekati bor

Toshkentda hozir 193ta shishali avtobus bekati bor

O‘tgan oylarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hududida joylashgan Shota Rustaveli ko‘chasi va "Oybek" metrosi yaqinida yangi oynavand bekatlar qurib bitkazildi.

Oynavand bekatlar Toshkentda 2007 yildan buyon quriladi.

Hozirda poytaxtda bunday bekatlardan 193 ta mavjud.

Toshkentda ilk konditsionerli avtobus bekati esa "Beruniy" metrosi yonida 2014 yil noyabrida paydo bo‘lgandi.

Avtobus bekatiga mas’ul do‘kon xizmatchilari konditsionerlarni havo juda isib ketsagina yoqishlari, bekatni esa oqshomlari berkitib ketishlarini aytdi.

"Oybek" metro bekati yonidagi avtobus bekati uyali telefonlarni zaryadlash uskunasi bilan ham jihozlangan.

Bu yo‘lovchilarga o‘z gadjetlari batareyasini to‘ldirib olish imkonini beruvchi Toshkentda hozircha yagona bekat hisoblanadi.

Toshkentda ilk konditsionerli avtobus bekati Beruniy metrosi yonida ochilgandi

Toshkentda ilk konditsionerli avtobus bekati Beruniy metrosi yonida ochilgandi

Ushbu zaryadlash uskunalari avtobus bekatlari dizayni bilan shug‘ullanuvchi JCDecaux UZ kompaniyasi va "Bravo Pharma" farmatsevtika kompaniyasi homiyligida o‘rnatilgan.

JCDecaux UZ kompaniyasining vakili Sanjar Yo‘ldoshev Ozodlikka zaryadkali avtobus bekatlaridan iyul oyiga qadar yana beshta qurish rejalanayotganini aytdi.

"Ulardan to‘rttasi o‘tgan hafta qayta ta’mirdan chiqqan Oloy bozori atrofidagi bekatlarga o‘rnatiladi", dedi Sanjar Yo‘ldoshev.

Mutaxassislarga ko‘ra, yangi loyihaning asosiy muammosi, bu — uskunalarning xizmat qilish muddati va ularni ko‘cha bezorilaridan himoya qilish masalasi bo‘lib qolayotgani.

XS
SM
MD
LG