Линклар

Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti arafasida poytaxtdagi Oloy va Mirobod bozorlari ta’miri 15 milliard so‘mga (rasmiy kurs bo‘yicha 5,1 million AQSh dollaridan ko‘proq) tushdi.

O‘zbekiston mahalliy nashrlarining xabar qilishicha, qayta qurilgan Oloy bozoriga 464 o‘rinli yangi pavilьon qo‘shilgan. Bozor sharqona qandolat mahsulotlari, go‘sht, sut-qatiq va non rastalari bilan boyigani aytilmoqda.

Hozirda “Toshbozorsavdo” davlat uyushmasiga Oloy va Mirobod bozorlari doxil 14 ta dehqon bozori, qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotiladigan bitta ulgurji bozor, 2 ta ixtisoslashgan bozor va 6 ta savdo majmuasi kiradi.

Rasmiylar yaqin yillarda Toshkent bozorlaridagi davlat ulushini 51 foizgacha qisqartirishga va’da qilganlar. Bu esa bozorlar jilovi baribir davlatning qo‘lida qolaverishini anglatadi.

XS
SM
MD
LG