Линклар

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Sochi olimpiadasida doping qabul qilgani aniqlangan rossiyalik, belaruslik va qozog‘istonlik sportchilar bu yil Rioda bo‘lib o‘tajak olimpiadada ishtirok etolmasligi mumkinligini bildirdi.

22 iyun kuni bu shtangachilarni bir yilga musobaqalardan chetlatish qarori qabul qilindi.

Xalqaro federatsiya Rossiya, Belarus va Qozog‘iston terma jamoalarining doping sinovi uch va undan ortiq holatda ijobiy natija berganini ma’lum qildi.

Ularni Olimpiadadan chetlatish to‘g‘risidagi qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2008 va 2012 yillardagi Olimpia o‘yinlari chog‘ida olingan test namunalari natijalari bo‘yicha yakuniy qarorini ochiqlaganidan keyin qabul qilinadi.

Rossiya uchun bu yoppa diskvalifikatsiya bo‘yicha ikkinchi holatdir. O‘tgan hafta bu mamlakat yengil atletikachilari musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lgandilar.

XS
SM
MD
LG