Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:54

Pokistonda so‘fiy qo‘shiqchi otib ketildi


Pokistonning Karachi shahrida jangarilar eng mashhur so‘fiy qo‘shiqchilardan birini otib ketdi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shiqchi Amjad Sabriy 22 iyun kuni avtomobilida ketayotgan paytda mototsikldagi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan. Hodisa chog‘ida uning hamrohi tan jarohati olgan. Hujumdan so‘ng hofizning qo‘shnilari uning uyiga ta’ziyaga yig‘ilganlar, telekanallar esa uning qo‘shiqlarini qo‘ya boshlagan.

Amjad Sabriy xuddi otasi G‘ulom Farid Sabriy kabi qavvoliy deb ataladigan sufiy qo‘shiqchiligining ko‘zga ko‘ringan hofizlaridan edi.

So‘fiylarni bid’atchi deb bilgan radikal guruhlar, jumladan, toliblar ularga qarshi hujumlar uyushtirib keladi.

So‘nggi paytlarda Karachida diniy, siyosiy va millatchilik asosidagi zo‘ravonliklar ko‘p kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG