Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:20

ShHT prezidentlari birin-ketin Toshkentga kelmoqda


Rossiya prezidenti Putin Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy prezidentlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Rossiya prezidenti Putin Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy prezidentlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

23 iyun kuni tongda O‘zbekiston poytaxtiga Turkmaniston¸ Tojikiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari keldi.

Toshkent xalqaro aeroportiga birin-ketin qo‘ngan Qurbonquli Berdimuhammedov va Imomali Rahmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Ayni shu kuni Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega Mo‘g‘uliston prezidenti ham Toshkentga keldi.

Toshkentga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bugun O‘zbekiston va Xitoy prezidentlari bilan alohida uchrashuv o‘tkazishi¸ shuningdek¸ Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston hukumatlari o‘rtasidagi uch tomonlama yig‘inda qatnashishi belgilangan. Uch tomonlama muzokaralarda Rossiya¸ Xitoy va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 30 dan oshiq loyihani o‘z ichiga olgan iqtisodiy koridor tashkil etish dasturiga oid kelishuvning imzolanishi kutilmoqda.

Toshkent sammitida ShHT a’zoligiga qabul qilinishi kutilaëtgan Pokiston prezidenti Mamnun Husayn 22 iyun kuni O‘zbekiston safarini Samarqanddan boshladi.

23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan ShHTga a’zo davlat rahbarlari yig‘inida shuningdek Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani¸ Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko¸ Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zariflar ham ishtirok etadi.

Shanxay beshligining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aylanganining 15 yilligi nishonlanadigan Toshkent sammitida BMT¸ MDH va Janub-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi rasmiylari ham ishtirok etadi.

Armaniston¸ Ozarbayjon¸ Kambodja¸ Nepal¸ Turkiya va Shri lanka ShHTning muloqot sheriklaridir.

XS
SM
MD
LG