Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:26

Xitoy 2015 yilda Yangi ipak yo‘li loyihasiga 15 milliard dollar sarfladi


Xitoy prezidentining Toshkentda qilgan baënotiga ko‘ra¸ Pekin hukumatining Yangi ipak yo‘li tashabbusi doirasida Xitoy shirkatlari o‘tgan yili 15 milliard dollar sarmoya kiritgan. Bu 2014 yilgi raqamga nisbatan beshdan birga ko‘pdir.

Xitoy tashqi siyosatining ustivor tashabbuslaridan sanalgan Yangi ipak yo‘li dasturi Osiyo¸ shuningdek Afrika va Yevropani bog‘lovchi temir yo‘l va elektr tarmoqlari yaratish loyihalariga 40 milliard dollar sarmoya ajratgan.

Xitoy matbuotiga ko‘ra¸ mamlakatning Yangi ipak yo‘li loyihasiga qo‘shilgan davlatlar bilan 2015 yilgi savdo aylanmasi 1 trillion dollarni tashkil etgan va bu jami Xitoy xorij savdosining 25 foiziga tengdir.

22 iyun kuni O‘zbekiston va Xitoy prezidentlari tomonidan​ Toshkentdan turib telemost orqali ochilgan “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li va tunnel ham Xitoyning ana shu ulkan infrastruktura loyihasining bir qismidir.

XS
SM
MD
LG