Линклар

Islom Karimov o‘ndan oshiq prezidentni mehmon qilmoqda


O‘zbek va tojik prezidentlarining bunaqa xursandlik bilan birga tushgan surati keyingi yillarda noëb hodisaga aylangan.

O‘zbek va tojik prezidentlarining bunaqa xursandlik bilan birga tushgan surati keyingi yillarda noëb hodisaga aylangan.

Toshkentda amalga oshishi kutilgan tarixiy a’zolik ro‘ëbga chiqmadi

Toshkentga kelgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo yetti davlat prezidenti ayni soatlarda ikki kunlik sammitning birinchi yig‘inini o‘tkazmoqda.

Hindistonning Toshkentda ShHTga rasman a’zo bo‘lish umidi o‘zini oqlamadi.

Hindistonning Toshkentda ShHTga rasman a’zo bo‘lish umidi o‘zini oqlamadi.

Xitoy¸ Rossiya¸ Qozog‘iston¸ Qirg‘iziston¸ Tojikiston Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari muhokamasidagi bosh mavzuning mintaqaviy xavfsizlik¸ xususan¸ Afg‘onistondagi joriy vaziyat bo‘lishi aytilmoqda.

Toshkent sammitida ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega Hindiston¸ Pokiston¸ Afg‘oniston¸ Belarus¸ Eron va Mo‘g‘uliston rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHT a’zoligiga rasman qabul qilinishi kutilayotgan edi.

Ammo Kreml tarqatgan xabarga ko‘ra¸ Toshkentda bu ikki davlatni 2017 yilda a’zolikka qo‘shish masalasi muhokama qilinadi¸ xolos.

Shuningdek¸ Toshkent sammitida Eronni ham kelajakda ShHTga a’zo qilish masalasining ko‘rib chiqilishi aytilmoqda.

Mirziyoev aeroportda¸ Karimov Forumlar saroyida mehmonlarni qarshi oldi

23 iyun kuni tongda O‘zbekiston poytaxtiga Turkmaniston¸ Tojikiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari keldi.

Mirziyoev turkman prezidenti bilan.

Mirziyoev turkman prezidenti bilan.

Toshkent xalqaro aeroportiga birin-ketin qo‘ngan Turkmaniston¸ Tojikiston¸ Qirg‘iziston¸ Qozog‘iston¸ Mo‘g‘uliston va boshqa davlat va hukumat rahbarlarini O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

Mehmon davlat prezidentlari matbuot xizmatlari e’lon qilgan xabar va suratlardan¸ ularni sammit boshlanishi arafasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov qarshi olgani ko‘riladi.

Mezbon Islom Karimov mehmon Imomali Rahmon bilan.

Mezbon Islom Karimov mehmon Imomali Rahmon bilan.

Sammitga kelgan prezidentlar bilan O‘zbekiston prezidenti alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan¸ sammit rasman ochilishi oldidan Islom Karimov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Yillardan beri o‘zaro munosabatlar o‘ta sovuqligicha qolatgan ikki qo‘shni davlat prezidentining Toshkentda tabassum bilan birga tushgan suratlari e’lon qilindi¸ ularning o‘zaro munosabatlarni muhokama qilgani aytildi.

Putin hammadan keyin kelib¸ hammadan oldin ketadi?

Toshkentga tushdan keyin yetib kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bugun O‘zbekiston va Xitoy prezidentlari bilan alohida uchrashuv o‘tkazishi¸ shuningdek¸ Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston hukumatlari o‘rtasidagi uch tomonlama yig‘inda qatnashishi belgilangan. Uch tomonlama muzokaralarda Rossiya¸ Xitoy va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 30 dan oshiq loyihani o‘z ichiga olgan iqtisodiy koridor tashkil etish dasturiga oid kelishuvning imzolanishi kutilmoqda.

Putinning Toshkentda Islom Karimov bilan alohida uchrashishi belgilangan.

Putinning Toshkentda Islom Karimov bilan alohida uchrashishi belgilangan.

Vladimir Putinning 24 iyun kuni ShHT sammiti tugashi bilan rasmiy safar bilan Pekinga uchib ketishi belgilangan.

Toshkent sammitida ShHT a’zoligiga qabul qilinishi kutilgan (so‘nggi xabarlarga ko‘ra¸ 2017 yilga qoldirilgan) Pokiston prezidenti Mamnun Husayn 22 iyun kuni O‘zbekiston safarini Samarqanddan boshladi.

23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan ShHTga a’zo davlat rahbarlari yig‘inida shuningdek Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani¸ Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko¸ Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zariflar ham ishtirok etmoqda.

Shanxay beshligining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aylanganining 15 yilligi nishonlanadigan Toshkent sammitida BMT¸ MDH va Janub-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi rasmiylari ham qatnashmoqda.

Armaniston¸ Ozarbayjon¸ Kambodja¸ Nepal¸ Turkiya va Shri lanka ShHTning muloqot sheriklaridir.

XS
SM
MD
LG