Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:56

“O‘zbekiston Qahramoni ukamni 11 yilga qamatib yubordi”


Sarlavhaga chiqarilgan iddao bilan Ozodlikka Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashovchi 30 yashar Furqat Boboqulov murojaat qildi. O‘zbekiston Qahramoni, Respublika paxtachilik muammolarini hal qilish komissiyasi raisi Ibrohim Fayzullaev Ozodlik savollariga javob berarkan, Furqat Boboqulovning iddaolarini keskin rad etdi, ularni tuhmat deb atadi.

Shu kunda 26 ga kirgan Farhod Boboqulovning 11 yilga ozodlikdan mahrum etilishi bilan yakun topgan voqea bundan bir yil muqaddam bo‘lib o‘tgan.

2015 yilning 24 iyulida bo‘lib o‘tgan voqea Furqat Boboqulovning fikricha, ukasi Farhod va u yoqtirgan qiz o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv edi, xolos.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullaevning fikricha esa, o‘sha kungi voqea jinoyat edi.

Muhabbat, o muhabbat!

Furqatning aytishicha, ukasi Farhod sevgan qizi G. bilan 24 iyulgacha muntazam uchrashar, uni ko‘pincha o‘z mashinasida kollejiga olib borar, darslar tugagach, uyiga olib kelib qo‘yar edi.

“Farhod sevgan qiziga uylanmoqchi edi, sovchi jo‘natganmiz, lekin onasi “qizim hali yosh”, degan javobni bergan”, deydi Furqat.

Muhabbat dostonidan muhim chekinish

Furqat Boboqulovning hikoyasini davom ettirishdan oldin masalaning muhim jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz: Furqatning aytishicha, 2015 yil yozida G. 17 ga to‘lgan edi. Ozodlik ixtiyoridagi bir hujjatda G. ning 1999 yilda tug‘ilgani qayd etilgan. Ibrohim Fayzullaevning aytishicha, qizi G. 2015 ning yozida hali 16 ga to‘lmagan edi.

O‘sha kuni nima bo‘lgan edi?

2015 ning 24 iyulida bo‘lgan voqea to‘g‘risida Furqat bunday dedi:

- O‘sha kuni G. Damasga o‘tirib ketayotgan paytda ukam Damasni to‘xtatib, qizni o‘qishiga olib borib qo‘yish maqsadida o‘zining mashinasiga o‘tqazadi. Buni bir-ikki kishi ko‘rib qolib, otasiga yetkazgan. “Qizingizni mashinasiga mindirib ketdi”, deyishgan. Otasi O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullaev. O‘sha kuni kechqurun qizning uyiga uchastka noziri kelgan, deydi Furqat.

Uning aytishicha, uchastka noziri qizning onasi va bobosidan ariza yozdirib oladi.

- Arizani ko‘rganman, unda qizimizga Farhod tegajoqlik qilayapti, deyilgan, xolos. Zo‘rladi deyilmagan, deydi Furqat.

Oradan bir necha kun o‘tib...

30 iyulda ona qizini sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazadi va ekspertlar qizga tan jarohatlari yetgani, lekin uning bokira ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqargan. (ekspertiza xulosasiga keyinroq batafsil to‘xtalamiz)

Bu orada tergov boshlanadi, lekin Farhod ochiqda yurib turadi.

Tergov boshlangan kundan 3 oy o‘tgach...

Furqatning aytishicha, ularning uyiga uchastka noziri (ismi Ibod) keladi va sud Farhodning bo‘yniga qo‘ygan ikkinchi ayblov paydo bo‘ladi.

Furqatning aytishicha, o‘quvchi qizlarning kollejlarga taqinchoqlar bilan kelishi taqiqlab qo‘yilgani sababli kunlardan bir kun (24 iyul kungi voqeagadan ancha oldin) kollejga yana Farhodning mashinasida kelgan G. sirg‘alarini yechib, Farhodga tutqazadi. Keyin o‘sha sirg‘alar ikkovining ham esiga kelmaydi.

Tergov boshlangan kundan 3 oy o‘tgach kelgan uchastka noziri Ibod, Furqatning aytishicha, Farhodga “Bo‘ldi, men sizlarni yarashtirgani keldim, faqat sen G.ning sirg‘alarini ber, men olib borib beraman, deydida, ikki kishini guvoh qilib sirg‘alarni olib ketadi”.

- Shunday qilib, tergovchi, sirg‘alarni Farhod zo‘rlik bilan tortib olgan deb rasmiylashtiradi va 166- modda bo‘yicha ham ayblov paydo bo‘ldi, deb davom etdi Furqat.

Dahshatli ikki modda

Oxir-oqibat, sud Farhod Boboqulovni, akasi Furqatning aytishicha, Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) va 166- moddasida (Talonchilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, 11 yilga ozodlikdan mahrum qiladi.

Uchastka noziri nima dedi?

Ozodlik Furqat tilga olgan uchastka noziri Ibod (familiyasini aytmadi) bilan bog‘landi. U G. ning sirg‘asi bilan bog‘liq epizodga aloqasi borligini inkor etdi.

Ozodlik Farhod Boboqulovning jinoyat ishi bilan tanishib chiqqani yo‘q

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar manfaatdor tomonning aytganlari, xolos.

Lekin o‘qiganlaringiz qanchalik manfaatdor tomonniki bo‘lmasin, Furqat Boboqulovdan olingan bir hujjat sudning odil qaror chiqarganiga shubha uyg‘otmay qolmaydi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasi

Denov tuman sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi sudga taqdim etgan “Mutaxassis fikri”da aytilishicha, G. 24 iyul kungi voqea yuzasidan 30 iyulda ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ekspertlar uning bokiralik pardasiga zarar yetmaganini, biroq, ayni paytda uning tanasida qontalashlar, shilinma izlari mavjudligini aniqlagan.

E’tibor bering: ekspertlar G.ning tanasidagi qontalash va shilinmalardan bir qismi ko‘rik o‘tkazilgan vaqtdan (ya’ni 30 iyuldan) 1 sutkagacha vaqt oldin, ikkinchi qismi esa, ko‘rik o‘tkazilgan vaqtdan (ya’ni 30 iyuldan) 10 – 15 sutka oldin paydo bo‘lgani to‘g‘risida xulosa bergan.

Gap esa, 24 iyul kungi voqea ustida borayotgan edi, ya’ni ko‘rik o‘tkazilgan vaqtdan (30 iyuldan) 1 sutka ham, 10 – 15 sutka ham oldin emas, balki 6 kun oldingi voqea.

Furqatning aytishicha, Farhod Boboqulovni zo‘rlashda ayblar ekan, sud shu hujjatga tayangan.

O‘zbekiston Qahramoni nima dedi?

Ozodlik ikkinchi tomon – G. ning otasi - O‘zbekiston Qahramoni, Respublika paxtachilik muammolarini hal qilish komissiyasi raisi Ibrohim Fayzullaev bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.

Ibrohim Fayzullaev: Tergov ochilgan ediyu to‘xtatib turuvdik. Keyin, davay, davom ettir, dedik.

Kasalxonada davolanayotganiga qaramay, Ibrohim Fayzullaev Ozodlik muxbirining savollariga javob berdi va Furqat Boboqulovning iddaolarini keskin rad etdi, ularni tuhmat deb atadi. Uning aytishicha, “aka-uka Boboqulovlar 8 kishi bo‘lib, hammasi bandit, biri odam savdosi bilan shug‘ullanib qamalgan, yana biri odam o‘ldirishda ayblanib, jazodan qutulib qolgan”

Ўзбекистон Қаҳрамони Иброҳим Файзуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:19 0:00
Бевосита линк

Tinglaganingiz suhbat yozib olinganidan so‘ng

Ibrohim Fayzullaevning o‘zi Ozodlik bilan bog‘landi va quyidagi muloqotni yozib oldik.

Ўзбекистон Қаҳрамони Иброҳим Файзуллаев билан суҳбат (давоми)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG