Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:58

Joriy yilda oliygohlarga hujjat va test topshirish tartibi o‘zgartirilmaydi


Joriy yilda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish va test o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilmaydi. Bu haqda mahalliy matbuotga Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi rasmiysi Inom Majidov ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekistonda abiturientlar o‘rtasida test sinovlarini o‘tkazish muddatlari va sinovlarni o‘tkazish strukturasi o‘zgartirilishi to‘g‘risida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Vazirlik rasmiysi abiturientlarning bunday tashvishlari asossiz ekanini bildirdi.

“Jarayon o‘tgan yillardagi kabi bo‘ladi. 1 avgustda test sinovlari o‘tkaziladi va bu muddat o‘zgartirilmaydi. Shuningdek, test sinovlariga tayyorlash jarayoni ham o‘zgarishsiz qoladi. Tayyorgarlik sinovga ikki-uch kun qolganida o‘tkaziladi”, dedi Inom Majidov.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 59 oliy o‘quv yurti, markaziy oliygohlarning 15 fililali va xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarining 7 filiali faoliyat yuritmoqda.

XS
SM
MD
LG