Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:47

Karimov va Putin rejalashtirilganidan bir kun oldin uchrashdi


Prezidentlar Islom Karimov va Vladimir Putin rejalashtirilganidan bir kun oldin Toshkentda uchrashdi.

Kreml matbuot xizmatining bildirishicha, Karimov va Putin uchrashuvi juma kuni erta tongda ShHT sammiti oldidan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ammo Moskvaning tashabbusi bilan prezidentlar 23 iyun kuni uchrashgan.

Ikki davlat rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi istiqbollari, ShHT doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Putin sammit oliy darajada uyushtirilganini ta’kidlab o‘tgan.

Payshanba kuni Islom Karimov ShHT sammitiga kelgan Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, Hindiston Bosh vaziri bilan ham uchrashdi.

ShHT sammitiga kelgan delegatsiyalar a’zolariga payshanaba kuni kechqurun katta konsert ham namoyish etildi.

XS
SM
MD
LG