Линклар

Germaniyaning Firnxaym shahrida politsiya kinoteatrga bostirib kirib, 17 odamni garovga olgan shaxsni otib o‘ldirdi.

Firnxaymdagi kinoteatrga bostirib kirgan shaxs qo‘lida quroldan tashqari granata hamda belida shahid kamari bo‘lgan.

"Bild" gazetasining xabar berishicha, garovdan ozod qilingan odamlar bosqinchi nemis tilida yaxshi gapira olmaganini aytgan. Garovga olingan ishaxslardan birortasiga zarar yetgan emas.

Avvalroq Firnxaym shahrida niqobli odam to‘pponchadan o‘q otgani oqibatida kamida 20 odam yarador bo‘lgani xabar qilingan edi.

Hozircha hujum motivlari tushunarsiz bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG