Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:06

Moskva AQSh senati muhokama qilayotgan qonunga norozilik bildirdi


Moskva rus diplomatlarining AQShda harakatlanishi cheklab qo‘yiladigan bo‘lsa, Rossiya ham amerikalik diplomatlarga nisbatan mana shunday chora qo‘llashi mumkinligidan Vashingtonni ogohlantirdi.

23 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova AQSh senati tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi sovuq urush paytidagi sovet diplomatlariga qo‘yilgan cheklovlarni eslatishini ta’kidladi.

Senatga taqdim etilgan qonun loyihasida Rossiya diplomatlari egallagan lavozimiga qarab, AQShda ish boshlaganidan boshlab uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyidan 50 mil, ya’ni 80 kilometrgacha uzoqlikda bo‘lgan hududlargagina bora olishi nazarda tutilgan. Federal tergov byurosi yozma ravishda ruxsat bergan taqdirda diplomatlar belgilangan hududdan tashqariga chiqa oladi.

Mazkur loyiha 2017 yilgi AQSh razvedka siyosatini belgilab beradigan qonunning bir qismi hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG