Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:11

Toshkent sammiti: Eronni ShHTga qabul qilish bo‘yicha yakdillik yo‘q


Toshkent sammitida ishtirok etayotgan prezidentlar (chapdan o‘ngga) A.Atambaev, N. Nazarboev, M. Husayn, I. Karimov va I. Rahmon.
Toshkent sammitida ishtirok etayotgan prezidentlar (chapdan o‘ngga) A.Atambaev, N. Nazarboev, M. Husayn, I. Karimov va I. Rahmon.

Toshkentga yig‘ilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari, Rossiya iltimosiga qaramasdan, Eronni tashkilotga a’zo sifatida qabul qilish masalasi bo‘yicha bir qarorga kelolmadilar.

Moskva va Pekin ShHTdan Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘z ta’sirini saqlab qolish uchun platforma o‘laroq foydalanib keladi. Ammo, Rossiyadan farqli o‘laroq, Xitoy ShHTga ochiqdan-ochiq aksilg‘arbcha tuzilma to‘ni kiydirilishini uncha istamaydi.

Eron anchadan buyon ShHTga a’zo bo‘lish harakatida. Rossiya Tehrondan G‘arb sanksiyalari olib tashlanganidan keyin Eron tashkilotga a’zo bo‘lishi lozimligini uqtirib keladi.

Rossiya prezidentining ShHTdagi maxsus vakili Baxtiyor Hakimov bu borada Rossiya pozitsiyasi aniq ekanini – Moskva Eronning to‘xtovsiz tashkilotga olinishi tarafdori ekanini bildirdi.

Hakimovning bu bayonoti O‘zbekiston poytaxti Toshkentda ShHT davlat rahbarlari sammiti ochilgan kuni, ya’ni 23 iyunda yangradi. Eronning ShHTga qabul qilinishi yuzasidan izoh berarkan, Hakimov bu masalada “prinsipial e’tirozlar yo‘q”ligi, bu jarayonni qachon boshlashga oid “texnik nyuanslar” borligini qayd etdi, biroq gap qanaqa nyuanslar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Xitoylik diplomatlar bu boradagi muzokaralar yuzasidan izoh bermayaptilar, biroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I “Pekin boshqa masalalarga kirishishdan oldin ShHTga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishiga diqqat jamlashni istayotgani”ni aytgan.

Hozirda Shanxay hamkorlik tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zo. Toshkent sammitida ShHTga Pokiston va Hindiston qabul qilinishi kutilmoqda.

ShHTning asosiy vazifalari barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorchilik, ayirmachilik, ekstremizm, giyohvand moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurash, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG