Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:38

Toshkentda Karimov Atambaev bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi


Munosabatlari sovuqlashgan O‘zbekistonva Qirg‘iziston prezidenlari Islom Karimov hamda Almazbek Atambaevning uchrashuvdan so‘ng bir-birlariga samimiy tabassum qilgani davlatlararo munosabatlar yaxshilanishiga umid uyg‘otmoqda.
Munosabatlari sovuqlashgan O‘zbekistonva Qirg‘iziston prezidenlari Islom Karimov hamda Almazbek Atambaevning uchrashuvdan so‘ng bir-birlariga samimiy tabassum qilgani davlatlararo munosabatlar yaxshilanishiga umid uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlanishidan bir oz oldinroq - 24 iyun kuni ertalab Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida na Toshkent va na Bishkek rasmiylari avvaldan bildirmagan edi. Toshkentda ShHT sammiti O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari o‘ta sovuqlashgan bir pallada o‘tkazilmoqda.

Тошкентда Каримов Атамбаев билан ёпиқ эшиклар ортида учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:58 0:00

Qirg‘iziston matbuoti tarqatgan xabarlarga qaraganda, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida Islom Karimov va Almazbek Atambaev yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishi haqida 24 iyun kuni ma’lum bo‘lgan. Akipress agentligi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16dan 30 daqiqa o‘tganda boshlanishi rejalashtirilayotganini, biroq bu aniq ma’lumot emasligini, qirg‘iz delegatsiyasi vakillaridan biri “Islom Karimov bilan uchrashuv masalasi hozircha kelishilayotgani”ni aytganini bildirdi.

Ushbu xabar tarqatilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvi boshlangani haqida xabar tarqatildi. Islom Karimov va Almazbek Atambaev so‘nggi marta bundan uch yil oldin - 2013 yil sentyabrida Bishkekda o‘tgan ShHT sammiti doirasida qisqa muddatli uchrashuv o‘tkizgan edi.

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining delegatsiya tarkibida Toshkentga borgan muxbiri Baqit Asanov O‘zbekiston-Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvi yopiq eshiklar ortida o‘tganini aytdi:

- Bugun sammit ishtirokchilari rejaga o‘zgartirish kiritib, uchrashuvni sammit boshlanguniga qadar o‘tkazishga qaror qilishibdi. Shuning uchun Islom Karimov va Almazbek Atambaev ertalab uchrashdi. Bu uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tdi va unga jurnalistlar kiritilmadi. Rasmiy ma’lumotda bu uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, degandan boshqa narsa aytilmagan. Hozircha uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara, o‘zaro majburiyatlarni bajarilishi va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan yoki qilinmagani noma’lum, - dedi Baqit Asanov.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi uncha iliq bo‘lmagan munosabatlar shu yilning mart oyida O‘zbekiston tomoni bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika hamda askar kiritgani oqibatida yanada sovuqlashgan edi.

Almazbek Atambaev O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida yuzaga kelgan konfliktli vaziyat ortidan Toshkent sammitiga bormasligini bildirgan. Biroq keyinroq Atambaev bu qarorini o‘zgartirgan.

Baqit Asanov Ozodlik radiosi muxbiri bilan suhbatda Toshkentda qirg‘iz delegatsiyasi mezbonlik an’anasiga ko‘ra juda iliq kutib olinganini, tantanali konsert paytida esa qirg‘iz tilida ham qo‘shiqlar aytilganini ma’lum qildi:

- Kecha sammitning tantanali ochilish marosimida namoyish etilgan O‘zbekiston san’at ustalari konsertida qirg‘iz qo‘shiqlari ham yangradi. Ana shu paytda Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, imo-ishoralar qilgani ham sezilib turdi, - dedi Baqit Asanov.

Axborot agentliklari prezidentlar uchrashuvidan so‘ng olingan fotosuratlarni ham e’lon qildi. Bu fotosuratlarda Islom Karimov va Almazbek Atambaev bir-birlari bilan qo‘l olishib, samimiy tabassum bilan qarab turganlari aks etgan.

Baqit Asanov Toshkent taasurotlari bilan o‘roqlashar ekan, O‘zbekiston hukumati sammitga katta tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turganini, poytaxt ko‘chalarida esa deyarli odamlar ko‘rinmayotganini ta’kidladi:

-Toshkentning markaziy ko‘chalariga qaytadan asfalьt yotqizishibdi. Maxsus besh yulduzli mehmonxona qurilibdi. Shaharda poytaxt aholisini deyarli uchratib bo‘lmaydi. Odamlar juda oz. Markaziy ko‘chalarda harakat uchun to‘sib qo‘yilgan. Xavfsizlik choralari juda kuchaytirilgan. Ko‘chalarda militsionerlar juda ko‘p. Yo‘limizda ba’zan-ba’zan uchrab qolgan toshkentliklar bilan gaplashmoqchi bo‘ldik. Lekin ular bizlar bilan ochiq gaplashishga tortinishdi, - dedi Baqit Asanov.

XS
SM
MD
LG