Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:32

Britaniya Bosh vaziri Kemeron uch oydan so‘ng iste'foga ketmoqchi


Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Yevropa Ittifoqidan chiqish istagida bo‘lganlar referendumda g‘olib chiqqanidan so‘ng iste’foga ketishini e’lon qildi.

Joriy yil oktyabridan boshlab iste’foga ketishni rejalashtirayotgan Kemeron mamlakatga yangi liderlar zarurligini ta’kidladi.

Referendum arafasida Kemeron saylovchilarni Yevropa Ittifoqida qolish uchun ovoz berishga chaqirgan edi. Kemeron 21 iyun kuni televideniye orqali qilgan murojaatida Yevropa Ittifoqidan chiqish Britaniya iqtisodiga va milliy xavfsizligiga tahdid solishidan ogohlantirgan. Unga ko‘ra, Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqsa, aholining ish bilan bandligi ozayadi, narxlar ko‘tariladi, ittifoqchilar soni kamayadi.

Referendum natijalari e’lon qilinganidan so‘ng Kemeronning yordamchisi Royter agentligiga “ovoz berish natijalari Britaniyani noma’lum makonga eltib tashladi”, deb bayonot berdi.

XS
SM
MD
LG