Линклар

OzodNazar: "Yevropa qit’asida butunlay yangi davr boshlanayapti"


Pahlavon Sodiq Bi-bi-si o‘zbek xizmatida qariyb 20 yildan buyon boshlovchilik qiladi

Pahlavon Sodiq Bi-bi-si o‘zbek xizmatida qariyb 20 yildan buyon boshlovchilik qiladi

Britaniyada bo‘lib o‘tgan referendum Yevropa Ittifoqini parchalab yuborishi mumkinmi? Referendum natijalaridan kimga foydayu kimga ziyon? Dunyo siyosiy sahnasida qanday o‘zgarish yuz berayapti? OzodNazar ruknida bu va boshqa savollar bilan Bi-bi-si O‘zbek xizmati prodyuseri va boshlovchisi Pahlavon Sodiqqa bog‘landik.

Britaniya xalqining 52 foizi Yevropa Ittifoqidan (YeI) chiqishni yoqlab ovoz berdi.

1982 yildan buyon eng ko‘p saylovchi qatnashgan referendumda London, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada ko‘pchilik YeI tarkibida qolishni yoqlab chiqqan bo‘lsa, Angliyaning boshqa hududlari va Uelsda ko‘pchilik YeIdan chiqish uchun ovoz berdi.

YeIdan chiqishga qarshi bo‘lganlar referendum natijalarini "falokat", ularning raqiblari esa "Britaniya mustaqillik kuni", deb baholamoqda.

Referendum natijalari e’lon qilinishi bilanoq Britaniya pul birligi – funt sterling qadri oxirgi 31 yildan buyongi eng quyi darajaga tushib ketdi.

Britaniyadagi referendum natijalarini Yevropadagi ko‘pchilik siyosatchilar o‘ta g‘amginlik bilan qarshi oldi.

Ammo oz sonli o‘ng qanot siyosatchilar Britaniyadagi kabi referendumni o‘z mamlakatlarida ham o‘tkazishni talab qilishga tushdi.

24 iyun ertalab Bosh vazir Devid Kemeron uch oydan keyin iste’fo berishini e’lon qildi.

Britaniyada bo‘lib o‘tgan referendum Yevropa Ittifoqini parchalab yuborishi mumkinmi?

Referendum natijalaridan kimga foydayu kimga ziyon?

Dunyo siyosiy sahnasida qanday o‘zgarish yuz berayapti?

OzodNazar ruknida bu va boshqa savollar bilan Bi-bi-si O‘zbek xizmati prodyuseri va boshlovchisi Pahlavon Sodiqqa bog‘landik.

Pahlavon Sodiqqa ko‘ra, Britaniyadagi referendum natijasi ko‘pchilikni "shok holatiga tushirib qo‘ydi".

"Yevropa qit’asida butunlay yangi davr boshlanayapti," dedi Pahlavon Sodiq.

Bi-bi-si xodimi bilan suhbatni tinglang

XS
SM
MD
LG