Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:20

Sammit kunlari piket qilishi mumkinlar alohida nazoratga olindi


Aksar huquq faollari uyi oldida militsiya xodimlari navbatchilik qilgani aytilayapti.
Aksar huquq faollari uyi oldida militsiya xodimlari navbatchilik qilgani aytilayapti.

O‘zbekistonlik huquq faollari¸ qolaversa¸ adolatsizlikdan norozi bo‘lib¸ prezident ma’muriyati binosiga oldigan borishni xayol qilganlar Toshkent sammiti kunlari uy qamog‘iga olindi¸ yoki militsiya bo‘limida hibsda saqlandi. Hukumat shu tarzda ShHT sammiti kunlari O‘zbekiston imijiga soya solishi mumkin kichkina ko‘ngilsizliklar oldini oldi.

23-24 iyun kunlari Toshkent shahri va viloyatidagi fuqarolik jamiyati faollari¸ shuningdek¸ bo‘layotgan adolatsizlik va qonunbuzarliklarga ochiq e’tiroz bildirishga jazm qilgan oddiy fuqarolar militsiya va MXX xodimlarining alohida nazoratiga olindi.

Huquq faoli Shuhrat Rustamov¸ o‘zining ShHT sammiti kunlari hech qanday piket yoki boshqa tadbir o‘tkazish rejasi yo‘qligiga qaramay¸ Shayxontohur tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan uy qamog‘iga olinganini aytadi:

- ShOS munosabati bilan uy qamog‘ida o‘tiribman¸ hech qaerga chiqarishmaydi. Kecha ertalab uchastkovoy emas¸ jinoyat-qidiruv bo‘limi bolalari kelib¸ yuring sizni ROVDga olib ketamiz¸ dedi. Men uydan chiqmayman¸ ishimni qilib o‘tiraman¸ deganimdan keyin¸ ketishdi. Agar chiqsangiz¸ olib ketamiz¸ dedi. Bugun ertalab yana bittasi keldi¸ familiyasini aytmadi. Kimligimni bilmoqchi bo‘lsangiz¸ yuring ROVDga dedi. Bugun ham chiqmay o‘tiring¸deb ogohlantirib ketdi¸ deydi Shuhrat Rustamov.

Huquq faoli bunday alohida nazoratning fuqarolik jamiyati vakillari uchun yangilik emasligi va har gal Toshkentga kimdir kelsa¸ o‘zlarining uy qamog‘iga olinishi an’anaga aylanganini aytadi.

Jurnalist va huquq faoli Malohat Eshonqulova ayni kunlarda Samarqandda bo‘lishiga qaramay¸ uning Toshkentdagi kvartirasiga ham uchastkovoy va militsiya xodimlari maxsus tashrif bilan kelishgan.

- Pasport rejimi¸ deb kelishdi. Birinchi pod’ezdkom keldi. Oyimni so‘radi¸ qaerda¸ nima qilayapti¸ qachon keladi¸ deb. U ketgandan 10 minut o‘tib¸ o‘zini hokimiyatdan deb tanishtirib¸ ismi-sharifini aytmagan fuqarolik kiyimidagi yana ikkitasi keldi. Kvartira kimning nomida¸ propiskada kim¸ pasportlari qani¸ deb so‘rashdi¸ deydi Malohat Eshonqulovaning qizi Zarhala Hakimova.

Bu suhbatdosh¸ ShHT sammiti munosabati bilan Toshkent bo‘ylab tekshiruvlar bo‘lgani va bo‘layotganidan xabardoligini ayta turib¸ onasi Malohat Eshonqulova faoliyati bois¸ o‘z oilasining alohida nazorat va tekshiruvda ekanini ta’kidladi.

ShHT sammiti kunlari Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyati hududlari ko‘cha-ko‘ylarini to‘ldirgan militsiya xodimlari huquq faollari barobarida o‘z haqqini himoya qilish niyatida yurgan oddiy fuqarolarni ham nazardan chetda qoldirmadi.

30 yashar o‘g‘li Botirjon Ortiqov soxta ayblar bilan nohaqdan qamalib ketganiga diqqat qaratish va adolatsiz hukmni bekor qilishni so‘rab turli instansiyalarga qilgan murojaatlari samara bermaganidan tushkunlikka tushgan pskentlik Shahlo va Murod Ortiqovlar ShHT sammiti kunlari O‘zbekiston prezidenti rezidensiyasi oldida piket qilishni rejalagan.

ShHT sammiti kunlari Toshkent markazi¸ xususan¸ prezident rezidensiyasi oddiy xalq uchun yaqiniga yo‘lash taqiqlangan qo‘rg‘onga aylanganiga qaramay¸ yaqinlariga ko‘ra¸ Pskent tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari Ortiqovlarni bo‘limga olib kelib¸ uch kundan beri ularni qonuniy asossiz hibsda saqlamoqda:

- Ota-onamni oborib qamab qo‘yishdi¸ o‘zlarini xonasiga kirg‘izib¸ televizor-pelevizor qilib¸ joy qilib berishibdi. Bugun 5 dan keyin chiqaramiz¸ degan. Lekin chiqaradimi-yo‘qmi¸ hali aniqmas. Ko‘chamizning boshiga melisa qo‘yib¸ bizni poylashdi. Uyga kelishdi¸ keyin hozir borasizlaru qaytasizlar deb aldab¸ ota-onamni olib ketib¸ mana uch kundan beri ushlab o‘tirishibdi. Siyosatga qarshi chiqdi¸ deyishayapti. Biz prezident siyosatiga qarshi chiqqanimiz yo‘q¸ faqat adolat talab qilayapmiz¸ deydi Ortiqovlarning o‘g‘illaridan biri.

Ortiqovlarni ShHT sammiti kunlari prezident rezidensiyasini piket qilish xayoliga majburlagan narsa¸suhbatdoshga ko‘ra¸ o‘g‘illari Botir Ortiqovning boshqalar jinoyatini yopish uchun qurbon qilib yuborilganidir.

- Botirjon qish oylarida bor-yo‘q besh oy Pskentdagi kimyo omboriga mudir bo‘ldi. Unga 120 tonna selitrani noqonuniy sotdi¸ degan ayb qo‘yib¸ 5¸5 yilga kesishdi. Aslida Botirning bu jinoyatga umuman aloqasi yo‘q. Bu selitra amalda bo‘lmagan¸ omborga ham kelmagan. Hokimiyat va melisadagilar qalbaki qog‘ozlarda fermerlarga sotildi¸ deb rasmiylashtirib¸ fermerlarni qarzdor qilgan. Selitra umuman yo‘q. 2011 yilgi hujjatni 2014 qilib qalbakilashtirib¸ o‘zlarining aybini ëpish uchun Botirjonni qamab yuborishdi. Hukm qayta ko‘rilishini so‘rab¸ Oliy sudgacha bordik¸ natija yo‘q. Shundan tushkunlikka tushgan ota-onam¸ piket qilmoqchi bo‘lishdi. Ularni shunga qamab qo‘yishdi¸ deydi Ortiqovlardan biri.

23-24 iyun kunlari Toshkentda to‘plangan ShHT sammiti munosabati bilan poytaxt va uning ën-atrofida xavfsizlik choralari keskin kuchaytirildi¸ toshkentliklar alohida xavvsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG