Линклар

AQSh O‘zbekiston "mustaqilligini mustahkamlash"ga ajratadigan mablag‘ni 9 foizga ko‘paytirayotgani atrofida tug‘ilgan savollarni Qurultoy eshittirishda muhokama qildik.

AQSh Kongressining Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha qo‘mitasida chiqish qilgan davlat kotibi o‘rinbosarining yordamchisi Deniel Rozenblyum bu maqsadlar uchun byudjetni 164,1 million dollarga ko‘paytirish lozimligini ta’kidladi.

Rozenblyumga ko‘ra, “mintaqada yagona parlament demokratiyasiga ega bo‘lgan” Qirg‘izistonga byudjetning asosiy qismi, ya’ni 51 million 800 ming dollari ajratiladi. Bu 2015 yildagiga nisbatan 39 foizga ko‘pdir.

Tojikistonga 41,6 million dollar, O‘zbekistonga 11,6 million dollar, Qozog‘istonga 8,8 million dollar ajratilishi nazarda tutilgan.

O‘zbekistonga ajratiladigan mablag‘ miqdori o‘tgan yilga solishtirganda 9 foizga ko‘pdir.

Davlat departamenti rasmiysi Markaziy Osiyo matbuoti bilan ham ishlashni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo matbuoti “Rossiya propaganda mashinasi aktiv faoliyat yuritayotgan jabha”ga aylangan.

“Yaxshi moliyalashtirilayotgan Rossiya propaganda mashinasi Markaziy Osiyoda jamoatchilik fikriga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi”, deb ta’kidlagan Rozenblyum so‘zi davomida: "Shuning uchun ham mazkur byudjet so‘rovida biz Markaziy Osiyo nashrlari bilan hamkorlikni davom ettirish maqsadida moliyalashtirishni nazarda tutganmiz”,deb aytdi.

Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari esa ozod bo‘lmagan matbuotni grantlar ko‘magida rivojlantirish mushkul degan gapni aytishdi.

XS
SM
MD
LG