Линклар

Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish haqida ovoz berishi va bosh vazir Devid Kemeron iste’foga ketajagini bildirganidan bir kun o‘tib Ittifoqqa a’zo olti davlat tashqi ishlar vazirlari Berlinda favqulodda majlisga to‘plandi.

Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Hollandiya va Lyuksemburg tashqi ishlar vazirlari Britaniyaning Ittifoqdan chiqishini iloji boricha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy murakkabliklarsiz ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

23 iyundagi referendumda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlaganlar ko‘pchilikni tashkil etdi.

Saylovchilarning 52 foizi mamlakatining YeI tarkibidan chiqishi uchun ovoz berdi.

Referendum natijalari Britaniya pul birligi – funt sterling qiymatini so‘nggi o‘ttiz yildan buyongi eng quyi darajaga tushirib yubordi.

XS
SM
MD
LG