Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:30

"Buxorolik tadbirkorning qamoqda qiynab o‘ldirilgani tergov qilinsin!"


Ilhom Ibodovning Ozodlikka yetib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida ko‘kargan joylari va oyog‘ida jarohatlarini ko‘rish mumkin.
Ilhom Ibodovning Ozodlikka yetib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida ko‘kargan joylari va oyog‘ida jarohatlarini ko‘rish mumkin.

26 iyun - Qiynoq qurbonlarini qo‘llash Xalqaro kuni arafasida Fransiyadagi qator tashkilotlar O‘zbekiston hukumatidan buxorolik 44 yoshli tadbirkor Ilhom Ibodovning qamoqda qiynab o‘ldirilgani iddaolari yuzasidan ochiq va shaffof tergov o‘tkazishni talab qildi.

Avtomobil extiyot qismlari sotish bilan shug‘ullanib kelgan buxorolik aka-uka tadbirkorlar Rahim va Ilhom Ibodovlar o‘tgan yil avgust oyida qamalgan, bir oy o‘tib qamoqdan Ilhomning o‘ligi chiqqani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari xalqaro tashkiloti rahbari Nadejda Otaeva Ozodlik bilan suhbatda buxorolik aka-uka tadbirkorlar O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati yerto‘lasida qiynoqqa solingani va ulardan biri shu qiynoq ostida o‘lgani haqida yetarli asoslar borligini aytdi.

Nadejda Otaeva - Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari.
Nadejda Otaeva - Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari.

- Rahim va Ilhom Ibodovlar 25 kun Buxoro shahridagi vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlandi. Bu vaqt ichida ular to‘rt nafar kameradoshi tarafidan yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlash uchun muntazam kaltaklandi. Ular aka-uka tadbirkorlarga ochiq aytishgan kaltaklashga qamoqxona nozirlaridan buyruq berilgani haqda. 12 sentyabr kuni ular MXX izolyatoriga olib o‘tilganlaridan so‘ng Rahim Ibodov akasini MXX zobitlari urayotganini ko‘rgan. Bir kun o‘tib Ilhomni jasadini oyilasiga berishdi, - dedi Nadejda Otaeva.

Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan 44 yoshlik Ilhom Ibodov va uning akasi 48 yoshlik Rahim Ibodovlar o‘tgan yil 16 avgust kuni savdo qoidalarini buzganlik va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Akasi Rahim Ibodov esa O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 189 – moddasi - Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, 243-modda - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish¸ hamda 177-moddasi - Valyutani qonunga xilof ravishda olish yoki sotishda aybli topilib, sakkiz yilga qamaldi.

Ilhom Ibodovning Ozodlikka yetib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida ko‘kargan joylari va oyog‘ida jarohatlarini ko‘rish mumkin.

- Buxorolik tadbikorning qamoqdagi o‘limi bo‘yicha ochiq va shaffof tergov o‘tkazilishi va uni o‘ldirganlar jazolanishi kerak, - deydi Nadejda Otaeva.

Buxoro viloyat sud-tibbiyot ekspertizasi Ilhom Ibodov o‘limi sabablarini o‘rganib, mahbus tergov izolyatorida yurak xurujidan vafot etgan, degan xulosani chiqargan.

Marhumning onasi Hursand Rajabova Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lining yuragi bilan bog‘liq muammosi bo‘lmaganini aytib, uni o‘limida MXX xodimlarini ayblaydi.

- 28 kun deganda o‘ldirib olib kelishdi. SNBni ichida krib o‘ldirishgan. Yana bir o‘g‘limni sakkiz yilga qamadilar, - dedi Hursand Rajabova.

Qiynoqlar O‘zbekiston turmalarida va politsiya bo‘linmalarida juda keng tarqalgani aytiladi.

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan iqrorlik ko‘rsatmalarini olish maqsadida ularni kaltaklash va zo‘rlash sistematik tus olgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan arizalarga muvofiq, ba’zi hollarda hibsga olinganlar qiynoqlardan vafot etmoqda.

1987 yili qabul qilingan Qiynoqlarga qarshi konvensiyaga muvofiq qiynoq qo‘llash har qanday sharoitda noqonuniy hisoblanadi va hech bir sharoitda qiynoq qo‘llangani oqlanmaydi.

Markaziy Osiyodagi har besh mamlakat ushbu Konvensiyaga imzo chekkan va o‘z fuqarolarini qiynoqlardan muhofaza qilish majburiyatiga ega.

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalarda qiynoqlar sistemati ekanini rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG