Линклар

Moskvaning Basmanniy tumani sudi pora olganlikda ayblanayotgan Kirov viloyati gubernatori Nikita Belixni ikki oyga hibsda ushlab turish haqida hukm chiqardi.

24 iyun kuni Nikita Belix 400 ming yevro pulni olayotgan vaqtda Moskva restoranlaridan birida qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Shundan so‘ng, militsiya Kirov viloyati ma’muriyatida ham tintuv o‘tkazgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Belыxga 24,1 million rubl (400 ming yevro) miqdorida pora olganlik ayblovini rasman e’lon qildi.

Qo‘mita tergovchilariga ko‘ra, gubernatorning o‘zi pul mablag‘larini olganini inkor etmagan. Lekin u bu mablag‘lar pora bo‘lmagani, shahar ravnaqi uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan pullar bo‘lganini aytgan.

Nikita Belix Rossiyadagi oz sonli liberal gubernatorlardan biri bo‘lgani aytiladi.

U Kirov viloyatiga 2008 yilda gubernator etib tayinlangan, 2014 yilda ushbu lavozimga qayta saylangandi.

XS
SM
MD
LG