Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

Xitoyda yuz bergan avtobus halokatida kamida 30 kishi o‘ldi


Xitoy davlat televideniesi CCTV xabariga ko‘ra, mamlakat markazidagi Hunan viloyatida yuz bergan avtobus halokatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan.

CCTV xabar berishicha, 26 iyun tongida sayyohlarni eltayotgan avtobus shoh yo‘l chetidagi to‘singa borib urilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, avtobus ichida 56 odam bo‘lgan.

Tirik qolgan 21 odam shifoxonaga yotqizilgan, avtobus haydovchisi so‘roq qilinmoqda.

Avtobus halokati sabablari hamon aniq emas.

Avtomobil halokatlari Xitoyda ko‘p yuz beradi.

Jahon Sog‘liq Tashkilotiga ko‘ra, har yili avtomobil halokatlari natijasida Xitoyda 250 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG