Линклар

logo-print

"O‘zbekenergo" aksionerlik jamiyati o‘z ustav kapitalini oshirish maqsadida qiymati 7,411 trln so‘m (davlat kursi bo‘yicha 2,5 milliard AQSh dollari - Ozodlik izohi) bo‘lgan aksiyalarni chiqarmoqda.

Bu haqda Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi e’lon qildi.

Ushbu aksiyalar "O‘zbekenergo" qaramog‘ida bo‘lgan shirkatlar, jumladan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, "O‘zbekko‘mir", "O‘zenergota’minlash" , "O‘zqishloqelektrqurilish" kompaniyalaridagi davlat ulushi bilan ta’minlanadi.

O‘tgan payshanba kuni "O‘zbekenergo"ning qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish qarori Qimmatli qog‘ozlar markaziy depoziytariysiga taqdim etilgan.

Aksiyalarning ushbu miqdorda chiqarilishi O‘zbekiston tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.

"O‘zbekenergo" ustav kapitali yirikligi bo‘yicha O‘zbekistonda eng yirik aksionerlik jamiyati hisoblanadi.

O‘zbekistonda 688ta aksionerlik jamiyati mavjud.

XS
SM
MD
LG