Линклар

O‘zbekistonda "Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinadi.

Uning loyihasi O‘zbekiston Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilindi.

Favqulodda vaziyat, loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonning konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi, jamoat xavfsizligi, fuqarolar huquqlari, erkinligi, qonuniy manfaatlari va xavfsizligi himoyasini ta’minlash maqsadlarida joriy etilishi mumkin.

Favqulodda vaziyat mamlakat bo‘ylab yoki alohida hududda O‘zbekiston prezidenti qarori bilan joriy etiladi.

Prezident qarorining uch kun ichida Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim etilib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shartligi loyihada alohida ta’kidlangan.

Biroq qaror, agar parlament tomonidan tasdiqlanmasa, o‘z kuchini yo‘qotishi ma’lum qilingan.

XS
SM
MD
LG