Линклар

Yevropa Ittifoqi (YeI) Britaniyaning ushbu ittifoqdan chiqishi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlash yo‘llarini aniqlab berdi.

Payshanba kuni Britaniyada bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, Britaniya xalqi YeIdan chiqishga ovoz bergandi.

Ittifoqda mavjud tartibga ko‘ra, uni tark etish jarayoni kamida ikki yil davom etadi.

YeIning ma’lum qilishicha, Britaniya chiqish jarayonini o‘z qarorini rasman e’lon qilish, maktub yo‘llash yoki bayonot berish bilan boshlashi mumkin.

Referendumdan bir kun o‘tib Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron oktyabrga qadar iste’fo berishi va undan keyin keladigan bosh vazir muzokaralarni boshlashi mumkinligini e’lon qilgandi.

Ammo YeI tashqi ishlar vazirlari Britaniyani chiqish jarayonini iloji boricha tezroq boshlashga chaqirgandi.

XS
SM
MD
LG