Линклар

logo-print

Rossiyadagi ba’zi axborot agentliklarining maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib xabar berishlaricha, maxsus xizmatlar "Islomiy davlat" guruhi jangarilarining Moskvada terrorchilik hujumlarini sodir etish rejalalarini aniqlaganlar.

Rossiya matbuotiga go‘yoki Suriyadan kelib, Moskva markazidagi filarmoniyani portlatmoqchi bo‘lgan "terroristlar haqidagi ma’lumotlar" sizdirilgan.

Ularda IShID P. I. Chaykovskiy nomidagi konsert zalida terrorchililik hujumini tayyorlayotgani ta’kidlanadi.

"Garik" ismli terrorchi boshchilik qilgan to‘dada Abdullo Abdurrahmon va Shahzod Berdiev ismli O‘zbekiston fuqarolari bor, deya xabar beradi Rossiyadagi ayrim axborot agentliklari maxsus xizmatlardagi manbaga iqtibosan.

"Terroristlar haqidagi ma’lumotlar"da shuningdek jangarilarning hujum paytida o‘zlarini portlatib yuborishni rejalashtirgani ta’kidlangan.

Teraktlar go‘yoki iyun oyiga belgilangani alohida qayd etilgan.

Hozirda Federal xavfsizlik xizmati kontsert zali atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirgani xabar qilinadi.

Rossiya matbuotida Moskva markazida go‘yoki terrorchilik amaliga tayyorgarlik ko‘rilayotgani borasida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Ozodlik ushbu xabarlarni mustaqil manbalardan tasdiqlata olmadi.

XS
SM
MD
LG