Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:26

Karimovning Qashqadaryoga borishi kutilmoqda, hamma hasharda


Karimovni o‘tgan yili ham kutgan shahrisabzliklar hasharga chiqarilgan edi
Karimovni o‘tgan yili ham kutgan shahrisabzliklar hasharga chiqarilgan edi

Prezident Islom Karimovning 27-28 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga borishi kutilmoqda. Safar arafasida viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari, odatdagidek, hasharga safarbar qilindi. Bu gal prezidentning Qarshi va xususan, 2 yil ichida qayta qurilgan Shahrisabz shahrini borib ko‘rishi aytilmoqda. O‘tgan yili viloyatga borgan Karimov Shahrisabzga kirmay, qaytgan edi.

Qashqadaryo viloyatida bir haftadan buyon prezidentning kelishiga tayyorgarlik doirasida byudjet tashkilotlari - viloyat obodonlashtirish boshqarmasi, hokimiyat, bank, shifoxona xodimlari va fermerlar hasharga jalb qilinmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakillari Islom Karimovning viloyatga borishi kutilayotganini tasdiqladi, ammo safarning aniq kuni oshkor qilinmaganini bildirdi:

"Dushanba, seshanba kunlari deyilgan. Lekin, aniq kunini hech kim bilmaydi hali", dedi Qashqadaryo viloyati hukumat idoralaridan birining xodimi.

Hasharga chiqqan qarshilik shifokor Islom Karimov o‘tishi kutilayotgan ko‘chalar bo‘yini tozalash, daraxtlarni oqlash va gul ekish kabi ishlar qariyb yakuniga etganini aytdi:

- Shu dushanba yoki seshanba kuni keladi, deyishgan. Biz ham chiqib katta yo‘l bo‘yidan 50 metrdan ajratib berilgan erlarni tozalab keldik. Bir soat-bir yarim soatlik hashar bo‘ldi. Tashkilotlardan ishchilar chiqdi, biz ham hamishirayu vrachlar bilan birga chiqib keldik. Bahonada shahar top-toza, chiroyli bo‘lib qoldi, - deydi qarshilik shifokor.

Shahrisabzni ta’mirlash rejasi aks etgan maket
Shahrisabzni ta’mirlash rejasi aks etgan maket

Safar haqida Ozodlikka xabar yo‘llagan manbaga ko‘ra, prezidentning Qarshi tumanida nom qozongan dongdor fermer bog‘ida mahalliy tadbirkor va fermerlar bilan uchrashishi kutilmoqda:

"Tadbirkor va fermerlar bilan Qarshi tumanidagi Panji akaning 2 gektarlik bog‘ida tayyorgarlik avjida", deb yozdi manba.

Qarshidagi mahalliy hokimiyat idoralari prezidentning Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari kengashi vakillari, shuningdek, meva-sabzavot etishtirish, sotishga ixtisoslashgan ilg‘or fermerlar bilan uchrashuvi kutilayotganini tasdiqladi.

Shuningdek, safarning asosiy qismi o‘tgan ikki yil ichida ta’mirlanib, markazi qariyb qayta qurilgan Shahrisabzga ajratilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2014 yil 20 fevralda "Shahrisabz shahrida ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror qabul qilgan.

Qarorda shahardagi tarixiy-me’moriy obidalar kompleksini ta’mirlash va shahar markazini qayta qurish nazarda tutilgan.

2015 yilning fevral oyida Islom Karimov O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida viloyatga borgan va saylovchilar bilan uchrashgan edi. O‘shanda ham uning Shahrisabzga borishi aytilgan, ammo bormagan edi.

Qadimiy Oqsaroy majmuasi
Qadimiy Oqsaroy majmuasi

26 iyun kungi ma’lumotga ko‘ra, bu gal mamlakat rahbari kelishini kutayotgan Shahrisabzda ham tayyorgarlik ishlari bormoqda:

"Shu dushanba yoki seshanbaga deyishgan. Tayyorgarlik qattiq ketayapti, obodonlashtirish ishlari bitdi deyarli", dedi shahardagi davlat tashkilotlaridan birining xodimi.

Shahrisabz markazini qayta qurish jarayonida Ozodlikka ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushgan. Aksar shikoyatlarda aholining buzilayotgan uylariga tovon puli to‘lanmayotgani, yer uchastkalarining vaqti berilmayotgani yoki umuman berilmayotgani aytilgan edi.

O‘shanda Shahrisabzdagi rekonstruktsiya ishlari aks etgan fotosuratlar ham Ozodlikka yo‘llangan. Quyida tarixiy shaharning 2015 yil iyun oyidagi ko‘rinish aks etgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG