Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:52

Lukoyl O‘zbekistonda zavod qurish uchun Janubiy Koreyadan qarz olmoqchi


Rossiyaning Lukoyl shirkati O‘zbekistonda gazni qayta ishlash zavodi loiyhasini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning qator shirkatlaridan kafolatlangan qarz olishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati” tarqatgan xabarda aytilishicha, Lukoylning moliya bo‘icha prezidenti o‘rinbosari Aleksandr Matitsin Janubiy Koreya shirkatlaridan olinadigan qarz miqdori 1 milliard dollarni tashkil etishini bildirgan. Lukoyl qarzni 10 yillik muddatga olmoqchi.

Gazni qayta ishlash zavodini qurish loryihasining umumiy qiymati 2 milliard dollarni tashkil etadi.

Shu yilning 19 aprelida Lukoyl neft shirkati O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash kompleksi qurilishini boshlagan edi. Mazkur loyihaning qiymati 3 milliard 300 million dollarga teng.

2015 yilning fevralida “Lukoyl” va Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering konsorsiumi Qandim gazni qayta ishlash kompleksini qurish va ishlab chiqarish uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2 millard 662 million dollarlik shartnomani imzolagan edi.

Qandim kompleksi 2018 yilda ishga tushirilishi rejalanmoqda.

XS
SM
MD
LG