Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:16

Shotlandiya Britaniyaning YeIdan chiqish qaroriga veto qo‘yishi mumkin


Shotlandiya parlamenti Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish qaroriga veto qo‘yishi mumkin.. Bu haqda yakshanba kuni Shotlandiya Birinchi vaziri Nikola Sterdjen Bi Bi Siga bergan intervyusi paytida bildirdi.

Unga ko‘ra, Shotlandiya parlamenti Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga rasman rozilik berishi kerak bo‘ladi. Birinchi vazir deputatlarni bu qarorga qarshi ovoz berishga chaqirishini aytdi.

Nikola Sterdjen referendumda Shotlandiya aholisining 62 foizi ittifoqda qolish uchun ovoz berganini eslatib o‘tdi.

Shotlandiya Birinchi vaziriga ko‘ra, hukumatning shoshilinch yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan Shotlandiyaning Yevropa hamjamiyatidagi o‘rnini saqlab qolish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralarni boshlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

23 iyun kuni Britaniyada Yevropa ittifoqida qolish yoki qolmaslik bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Referendumda ovoz berganlarning 52 foizi Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdori bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG