Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:32

Iroq armiyasi Fallujani "Islomiy davlat"dan ozod qildi


Iroq armiyasi yakshanba kuni poytaxt Bag‘doddan 50 kilometr g‘arbda joylashgan Falluja shahrini "Islomiy davlat" janggarilaridan to‘la ozod qildi.

Associated Press agentligining xabar berishicha, janglarda ikki mingga yaqin janggari o‘ldirilgan. Iroq hukumat kuchlari va shialarning Pashmerga janggari guruhi Islomiy davlatga qarshi Falluja uchun may oyida jang boshlagan edi.

26 iyun kuni Iroq bosh vaziri Haydar al Abodiy Fallujaga bordi va u yerda so‘zlagan nutqida barcha fuqarolarni shahar ozod etilganini bayram qilishga chaqirdi.

-Men barcha iroqliklarni, ular qaerda bo‘lishiga qaramasdan, ko‘chagalarga chiqib bayram qilishga chaqiraman, -dedi Abodiy.

Janggarilar Falluja shahrini 2014 yil yanvarida egallab olgan edi. Shaharni 84 mingdan ortiq tinch aholi tashlab chiqib ketgan.

Islomiy davlat guruhi hozirgi kunda Iroq shimoli va g‘arbida yirik hududni, jumladan, mamlakatning ikkinchi yirik shahri o‘lgan Mosulni nazorat qilib turibdi.

XS
SM
MD
LG