Линклар

logo-print

Namanganda oltin do‘koniga hujum qilgan qora niqobli ayol ushlandi


Namanganlik ayol o‘yinchoq to‘pponcha bilan oltin do‘konga hujum qildi

Namanganlik ayol o‘yinchoq to‘pponcha bilan oltin do‘konga hujum qildi

Namangan shahridagi "Zarnigorbegim" nomli oltin buyumlari bilan savdo qiluvchi do‘konga 22 iyun kuni o‘yinchoq to‘pponcha bilan bostirib kirgan ayol qo‘lga olindi. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 51 yoshdagi Zamira Shahbozova yuziga qora paypoqni niqob qilib kiygan holda do‘konga bostirib kirib, sotuvchiga "to‘pponcha" o‘qtalib, oltin taqinchoqlarni xaltaga solishni talab qilgan payti qo‘lga olingan.

Ozodlikning Namangan viloyat prokuraturasidagi manbasining aytishicha¸ ayolning qilmishi retsidiv jinoyat sifatida malakalangan:

"Shahbozova Zamira ismli 51 yashar ayol magazindan to‘rt ming so‘mga (75 tsent) Xitoy Xalq respublikasida ishlab chiqarilgan o‘yinchoq to‘pponcha sotib olib¸ yuziga qora paypoqdan yasalgan niqob kiyib¸ Namangandagi “Zarnigorbegim” do‘koniga bostirib kirgan. Shahbozova magazin sotuvchisini peshonasiga o‘yinchoq to‘pponchani tirab, do‘kondagi oltin taqinchoqlarni elim sumkaga solishni talab qilgan. Boshqa bir do‘konchi militsiya chaqirishga ulgurgan"¸ deydi manba.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ voqea joyiga etib kelgan Namangan shahar IIBga oid tezkor guruh tilla do‘konini talashga uringan ayolni qo‘lga olib “qurolsizlantirishgan”:

"Qo‘lga olingan ayolning shaxsiga oid ma’lumotlar tezda aniqlandi. Shahbozova 2013 yilda 167-modda ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishda ayblanib qamalgan va amnistiya akti bilan ozod qilingan. Shu bois Shahbozova retsidiv jinoyatda ayblanmoqda. Hozir Shahbozovaga jinoyat kodeksining 164- moddasi ya’ni bosqinchilik aybi qo‘yilgan", dedi manba.

Ozodlikning Namangan viloyat advokatlar uyushmasidagi manbasining aytishicha¸ Zamira Shahbozovaning bosqinchilik qilgan paytida o‘yinchoq to‘pponcha ishlatgani vaziyatni yumshatmaydi:

"Shahbozovaga 164- moddaning "A" qismi bo‘yicha ayb yuklandi. Bu qism qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalar ishlatilishini ko‘zda tutadi. Bosqinchilik urinishi muqaddam sudlangan kishi tarafidan va ko‘p miqdordagi mol- mulkni birovga tegishli binoga kirib amalga oshirilgani esa og‘irlashtiruvchi holat. Shu bois Zamira Shahbozova o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin"¸ deydi manba.

Namangandagi Zarnigorbegim do‘koni

Namangandagi Zarnigorbegim do‘koni

O‘zbekcha gop-stop

Keyingi paytda qurollangan qora niqobli bosqinchilar tomonidan talonchilik holatlari ko‘paygani amnistiya akti tufayli Ozodlikka chiqqan mahkumlarning jamiyatga integratsiya bo‘lmagani bilan izohlanmoqda.

Kuni kecha Rossiyaning Saratov shahrida o‘yinchoqlar bilan "qurollangan" uch o‘zbek yigit ushlangani haqida Ozodlik habar qilgan edi.

Joriy yil aprelida niqob kiygan bir necha kishi Samarqand viloyatining Samarqand tumanida yashaydigan fuqaroning uyiga talon-toroj qilish maqsadida bostirib kirganida qo‘lga olingani haqida Respublika IIV matbuot hizmati ma’lum qilgan edi.

2014 yilda qora niqob taqqan besh nafar bosqinchi Namangan viloyati Pop tumanidagi xonadonlarning biridan 27000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketishgan edi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, bosqinchilar pulni olish uchun uy egalarining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, ularga pichoq bilan jarohat yetkazishgan.

XS
SM
MD
LG