Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:44

Bosh prokuratura: Bosh vazir muovini Ro‘ziqulov jinoiy javobgarlikka tortilmagan


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi rayosati raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulovning O‘zbekiston bosh prokuraturasi tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgani hamda unga nisbatan uy qamog‘i shaklida ehtiyot chorasi belgilangani haqiqatga muvofiq kelmaydi.

Bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Prokuratura vakillariga ko‘ra, Ro‘ziqulov javobgarlikka tortilgani va uy qamog‘ida tutib turilgani xususida Internet tarmog‘idagi ayrim saytlar tomonidan tarqatilgan ma’lumot “haqiqatga muvofiq kelmaydi, hozirgi paytda Bosh prokuratura ishlovida Ro‘ziqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yo‘q”.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov vaqtincha ishdan chetlatilib, guvoh o‘laroq so‘roq berayotgani haqida Ozodlik may oyi boshlarida xabar qilgandi. Biroq Ozodlik maqolasida bosh vazir o‘rinbosarining jinoiy javobgarlikka tortilgani yoki uy qamog‘ida saqlanayotgani haqida so‘z yo‘q.

O‘shanda bosh vazir o‘rinbosari tergovga tortilgani haqida gapirgan manbalarimizdan biri MXXning maxsus guruhi tarafidan qo‘lga olinib, tergov qilinaëtgan GM Uzbekistan Bosh direktori Tohir Jalilov o‘zidan yuqori mulozimlarga qarshi ko‘rsatma bera boshlaganini iddao qilgandi.

Ayni manba tergov bois Ro‘ziqulovning diplomatik pasporti olib qo‘yilganini ham da’vo qilgan.

Ozodlik 9 may kuni kuni chop qilingan maqolasida Ro‘ziqulov ismi O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida xukumat Internet portalidan olib tashlanmagani hamda uning hibs qilingani haqida rasmiy ma’lumot yuqligi ham alohida qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG