Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:34

Qidiruvda bo‘lgan tadbirkordan tortib olingan akvapark yonib ketdi


Yong‘in alangasi bir necha metrga ko‘tarilgan va bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rinib turgan.
Yong‘in alangasi bir necha metrga ko‘tarilgan va bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rinib turgan.

Toshkentdagi bir nechta ulgurji bozorlarning sobiq egasi¸ hozirda qidiruvga berilgan tadbirkor Dmitriy Limga tegishli Toshkentning Uchtepa tumanidagi akvaparkda dushanba kuni yong‘in ro‘y berdi. Yong‘in alangasi bir necha metrga ko‘tarilgan va bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rinib turgan. Akvaparkka ataylab o‘t qo‘yilgani haqida farazlar bor.

Ozodlikning O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbasi yong‘in 2009 yilda Dmitriy Limdan tortib olinib, davlat tasarrufiga o‘tkazilgan "Foziltepa" sport sog‘lomlashtirish markazida ro‘y berganini tasdiqladi.

Markazning qishki basseyni binosining 800 kvadrat metr maydoni yonib, kul bo‘ldi. Yong‘in elektr tarmog‘idagi qisqa tutash oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Hozir tekshiruv olib borilyapti. Ataylab qilingan, degan farazlar ham o‘rganilayapti. Yong‘in oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi, - dedi FVVdagi Ozodlik manbasi.

Toshkening Uchtepa tumani, Sokolki ko‘chasi, 3-a uyda joylashgan majmua 2009 yilda tadbirkor Dmitriy Limdan torib olinib, davlat tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Тошкент олигархларидан бирининг ҳовлиси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:54 0:00

Shuningdek, unga tegishli bezak ashyolari¸ artefakt va retro avtotransportlar kolleksiyasi muzeyga topshirilishi xabar qilingandi.

Hozirda "Foziltepa" sport sog‘lomlashtirish markazi deb ataluvchi maskan Akmal Egamberdiev ismli shaxs qaramog‘iga o‘tgan.

Ayni paytda sport majmuaga ataylab o‘t qo‘yilgani haqida farazlar bor.

Markazning qishki basseyni binosining 800 kvadrat metr maydoni yonib, kul bo‘ldi.
Markazning qishki basseyni binosining 800 kvadrat metr maydoni yonib, kul bo‘ldi.

Yong‘in ro‘y bergan sport majmua yonida yashovchi toshkentliklardan biri gapiradi:

Bu akvaparkni Dmitriy Lim qurgan. Ham uy, ham ichida qishki basseyni bor. U yerda qimmatbaho jihozlar ko‘p edi. Billur qandillar, juda shohona qilib qurilgandi. Shularni o‘g‘irlab, izlarini yashirish maqsadida aytaylab yoqib yuborgan bo‘lishlari mumkin, - deydi toshkentliklardan biri.

Lekin, bu iddaoni tasdiqlash imkonsiz.

Toshkentdagi "Karvonbozor" ulgurji bozori sobiq direktori Dmitriy Lim 2009 yilda hibsga olinishdan qo‘rqib, O‘zbekistonni tark qilgandi.

Limning davlatga yetkazgan zarari O‘zbekiston prokuraturasi tarafidan 607 milliard 410 million 410 ming 970 so‘m deya bildirilgan.

Hozirda O‘zbekiston rasmiylari tomonidan qidiruvda ekani iddao qilinadigan Dmitriy Limning AQShda yashayotgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG